Agar Moskva tinchlik muzokaralaridan bosh tortsa, ularni joriy etish taklif qilinmoqda, dedi qonun loyihasi mualliflaridan biri, respublikachi Lindsi Grem, deb yozadi Bloomberg.
Qonun loyihasida Rossiya nefti, gazi yoki uranini sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik bojlar qo‘yilishi, shuningdek, AQSh moliya institutlarining Rossiya hukumati bilan bog‘liq tashkilotlarga sarmoya kiritishi va AQSh fuqarolarining Rossiya davlat obligasiyalarini sotib olishini taqiqlash ham nazarda tutilgan, deya aniqlik kiritadi agentlik.
"Men urushning muzokaralar yo‘li bilan, adolatli va to‘g‘ri yakunlanishini ko‘rishni istayman. Menimcha, Tramp bunga erishish uchun eng yaxshi odam. Lekin bu sanksiyalar Senatning Rossiya yomon odam degan qarashini aks ettiradi", - deya Gremning so‘zlarini keltiradi Bloomberg.
Qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaganlar orasida Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Jon Tun va Demokratik ozchiliklar yetakchisi Chak Shumer bor, deb yozadi The Wall Street Journal.