O‘zbekistonda samolyot ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Navoiy erkin iqtisodiy zonasi va Rossiyaning "Birinchi tajriba-konstruktorlik byurosi" o‘rtasida samolyotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
SputnikUzbek xabariga ko‘ra, loyiha qiymati $30 mln.ni tashkil etadi.
"Navoiy" EIZ rahbari Habib Abdullayevning ma’lum qilishicha, SP-30 platformasi asosida inson boshqaradigan va uchuvchisiz uchish apparatlari tayyorlanadi. Ilk samolyot 2025 yil oktyabrida tayyor bo‘lishi kutilyapti.