Osiyo Chempionlar ligasi yarim final bahsida portugaliyalik Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasi Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
40 yoshli hujumchining jamoasi nufuzli turnirni tark etib, final ostonasida yurishini to‘xtatdi. Final hushtagidan so‘ng Ronaldu bir necha daqiqa maydonda yurdi. Krishtianu o‘zi bilan o‘zi gaplashar, g‘azab bilan qo‘llarini yozar va turli imo-ishoralar ko‘rsatardi. O‘tgan bellashuvda yulduz to‘purar gol ura olmadi.
Kubok uchun "Kavasaki Frontale" finalda "Al Ahli" bilan kurash olib boradi.