AQSh Devis-Monten harbiy-havo kuchlari bazasi "axlatxona"dan foydalanishdan chiqarilgan F-16 samolyotlarini ehtiyot qismlar manbai sifatida Ukrainaga yubormoqda. Bu haqda Amerikaning The War Zone onlayn jurnali yozmoqda.
"Ushbu F-16 samolyotlari AQSh xizmatidan chiqarilgan va parvozga yaroqli emas", — deyiladi nashrda.
Maqola mualliflarining qayd etishicha, qiruvchi samolyotlarda dvigatel yoki radar kabi muhim komponentlar yetishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi Ukrainaga topshirilgan F-16 qiruvchilarining sifati pastligidan shikoyat qilgan edi. Ukrainalik jangarilardan biri F-16 qiruvchi samolyotlar o‘qqa tutilganidan uch baravar qisqaroq masofadagi nishonlarga zarba bera olishini ta’kidladi.