Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar ligasi guruh bosqichida Daniyaga qarshi o‘yindan so‘ng hujumchi Joau Felishning maydondagi harakatlarini tanqid qildi.
Uning A Bola nashriga aytishicha, Felish chiziqlar orasida kutilgan darajada o‘ynay olmagani sababli Portugaliya markazda ustunlikka ega bo‘lmadi. Jezushning ta’kidlashicha, Daniya terma jamoasi portugallarni taktik jihatdan hushyorlikdan chetda qoldirgan.
- Agar biz shu o‘yinda g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni ta’minlab olganimizda, oxirgi bahsga mutlaqo boshqa tarkibni maydonga tushirar edim, — dedi Jorje Jezush.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya o‘z maydonida Daniyaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu o‘yin Krishtianu Ronaldu terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganidan keying birinchi bahs bo‘ldi. Tanqidga uchragan JOau Felish esa Krishtianu Ronaldu taklifi bilan "An-Nasr"ga kelgan va ikki yulduz saudiyaliklar jamoasida hujum juftligini tashkil qilib o‘ynayapti.