Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Portugaliya milliy terma jamoasini 71 yoshli murabbiy boshqarishi mumkin

Portugaliya milliy terma jamoasini 71 yoshli murabbiy boshqarishi mumkin

71 yoshli mutaxassis Jorje Jezush Portugaliya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.

A Bola nashri xabariga ko‘ra, u Portugaliya futbol federasiyasining asosiy nomzodi hisoblanadi. Jezush terma jamoani Yevro–2028 hamda Portugaliyada bo‘lib o‘tadigan 2030-yilgi jahon chempionatiga tayyorlashi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, murabbiy avvalroq Krishtianu Ronaldu bilan «An-Nasr»da birga ishlagan. 2025/26 yilgi mavsumda jamoa mamlakat chempioniga aylangan, shundan so‘ng Jezush klubni tark etgan. U o‘shanda jamoani Ronalduning «An-Nasr» safidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritishiga yordam berish uchun qabul qilganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 1/8 finalida Portugaliya Ispaniya milliy terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Roberto Martines uch yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 19:12 07.07.2026. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!