Polshaning Ostrolenka shahridagi kasb-hunar maktabida pichoq bilan uyushtirilgan hujum oqibatida to‘qqiz kishi jarohat oldi.
RMF FM radioasi xabariga ko‘ra, hujum chorshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, hujumchi 19 yoshli o‘quvchi bo‘lgan.
Yaradorlarning aksariyati maktab o‘quvchilari bo‘lgan, shuningdek, bitta o‘qituvchi ham jarohat olgan. Yaradorlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Voqea joyiga tez tibbiy yordam vertolyoti yetib keldi.
Hujumchi voqea joyidan qochib ketgan, ammo Narev daryosidagi shahar plyaji yaqinida polisiya tomonidan qo‘lga olingan.