Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Polsha havo va dronlarga qarshi mudofaani kuchaytirmoqda

Polsha havo va dronlarga qarshi mudofaani kuchaytirmoqda

Polsha janubida qo‘shimcha zenit polki tuziladi. U dronlarga qarshi vositalar bilan ham qurollantiriladi.

Bu haqda mamlakat milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, gap Bjesko shahrida joylashtiriladigan 87-zenit polki haqida ketmoqda. Bo‘linma tarkibida taxminan ming nafar harbiy xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Polk raketaga qarshi, havo hujumidan mudofaa va dronlarga qarshi himoya vositalari bilan jihozlanadi.

"Bugun ertalab 87-zenit polkini tuzish to‘g‘risidagi qarorni imzoladim. 87-zenit polki Bjeskoda joylashtiriladi", — dedi Polsha mudofaa vaziri.

Kosinyak-Kamish yangi bo‘linma aynan qaysi turdagi qurol-yarog‘ va texnikalar bilan ta’minlanishiga aniqlik kiritmadi.

Kiritildi: 23:50 04.09.2026. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!