Avvalroq AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘yicha yangi harbiy qo‘mondonlikni tashkil etishga qaratilgan «Ajenkur» (Agincourt) dasturi ishga tushirilganini e’lon qilgan edi.
Dasturning asosiy vazifalaridan biri — 2027 yil 1 oktyabrga qadar to‘rt yulduzli general boshchiligidagi Avtonom jangovor harakatlar qo‘mondonligini (AUTOWARCOM) tashkil etish. Tashkilotga harbiy tizimda keng ko‘lamli institusional o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur vakolatlar berilishi rejalashtirilgan.
Bir dona LUCAS dronining narxi taxminan 55 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda. Eronning «Shahed» dronlari arxitekturasi asosida ishlab chiqilgan ushbu loyiha qimmatbaho qanotli raketalarning bir qismini arzonroq qurollar bilan almashtirishga qaratilgan.