"Barselona" yarim himoyachisi Pedri kataloniyaliklar safida 150 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
"Opta"ning yozishicha, ispaniyalik xavbekning yubiley o‘yini La Liganing 16-turiga to‘g‘ri keldi: 13 dekabr kuni 23 yoshli futbolchi "Osasuna"ga qarshi o‘yinda (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ushbu bahs Pedri uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi - u "Barselona" tarixida La Ligada 150 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu bilan u Lionel Messining 2010 yilda erishgan natijasini ortda qoldirdi.
Argentinalik futbolchi 23 yoshu 121 kunligida Ispaniya chempionatidagi 150-uchrashuvini o‘tkazdi - bu 2010 yil 23 oktyabrda "Saragosa"ga qarshi o‘yinda (2:0) sodir bo‘ldi. Pedri esa bu marraga 23 yosh-u 18 kunligida yetib kelgan.
Ispaniyalik yarim himoyachi La Ligadagi 150 ta o‘yinda maydonga tushish uchun 5 yildan sal ko‘proq vaqt sarfladi. U "Barselona" safida Ispaniya chempionatidagi debyutini 2020 yilning 27 sentyabrida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.