Pavel Durov sud ruxsati bilan Fransiyani tark etib, Dubayga jo‘nab ketdi. Bu haqda AFP nashri xabar berdi.
Telegram asoschisi 2024 yil avgust oyida Parijda hibsga olingan edi. Unga uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq bir qator jinoyatlarda, jumladan, narkotik moddalarni tarqatishda va bolalar pornografiyasida ishtirok etishda hamda vakolatli organlarning so‘rovlariga muvofiq axborot taqdim etishdan bosh tortishda ayblovlar qo‘yilgan edi.
Hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib, Durov garov evaziga qo‘yib yuborildi va polisiyada belgilangan vaqtlarda ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklatildi. Unga Fransiyani tark etish taqiqlangandi.