Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

OTM bakalavriatiga qabul qilish tartibida o‘zgarishlar bo‘ldi

OTM bakalavriatiga qabul qilish tartibida o‘zgarishlar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning 10 dan ortiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan:

•    oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida to‘plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTMlariga o‘qishga kirishda esa to‘plagan ballarining 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;

•    “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli tugatganlarga, tarkibida ushbu maktab bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy xarbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash natijasi bo‘yicha kirish huquqi beriladi.
 

Kiritildi: 09:49 11.12.2019. O'qildi: 2249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!