Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi



O‘zbekistonda ota-onalarga farzandiga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati yaratiladi.

Tegishli qonun 8 avgust kuni Senatda ma’qullandi.

Amalda bolaning familiyasi ota yoki onaning familiyasi asosida belgilanadi. Milliy an’analarga ko‘ra, boboning ismini familiya sifatida berish ham mumkin. Yangi tartib kuchga kirsa, otaning ismi ham bolaga familiya qilib berilishi mumkin.

Buning uchun Oila kodeksining 69-moddasiga tegishli o‘zgartish kiritiladi.

📄 Qonun Prezident imzolashi uchun yuboriladi.

Kiritildi: 18:03 08.08.2026. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!