Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Endi nogironlik pensiyasi ayrim hollarda murojaatsiz tayinlanadi

Endi nogironlik pensiyasi ayrim hollarda murojaatsiz tayinlanadi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga pensiya tayinlash tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun ma’qullandi.

Hujjat nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiya sohasidagi huquq va manfaatlari himoyasini yanada mustahkamlash maqsadlarini nazarda tutadi.

Qonun bilan fuqaroga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash hamda pensiya tayinlanganidan keyin kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lsa, ushbu pensiya turini har ikki yilda bir marotaba fuqaroning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda qayta hisoblab chiqish tartibi joriy etilmoqda.

Shuningdek, pensiyadan chegirma qilinganidan so‘ng fuqaroga to‘lanadigan pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlari miqdoridan kam bo‘lmasligi belgilanmoqda.

Senatorlarning fikricha, Qonun fuqarolarga nogironlik pensiyasini tayinlash tartibini soddalashtirishga va ularga ushbu sohada ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 15:25 08.08.2026. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!