Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Ota tangalar orqali aliment intiqomi olmoqchi bo‘ldi

Ota tangalar orqali aliment intiqomi olmoqchi bo‘ldi

Jizzaxda erkak 4 mln so‘m aliment pulini tangalarda to‘ladi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ota alimentdan qarzini yopish uchun tangalar olib keldi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, sudning qarzdor L.M.dan bir nafar farzandining ta’minoti uchun undiruvchi O.L. foydasiga aliment undirish belgilangan ijro hujjati byuroning Sharof Rashidov bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Biroq u majburiyatini bajarmay, 4 million so‘m qarzdor bo‘lgan.

U 4 million so‘m qarziga mos ravishda — 10, 50, 100, 500 so‘mlik tanga pullarni yig‘ib, shaxsan undiruvchi qo‘liga qarzdorlik evaziga topshirmoqchi bo‘lgan.

Uning aytishicha, ushbu pullarni shaxsan sobiq turmush o‘rtog‘i qo‘liga topshirib, uning vaqti faqat tanga sanash bilan o‘tishini xohlagan.

Biroq MIBchilar tanga pullarni bank xodimlari bilan hisob-kitob qilib, qarzdor va davlat ijrochisi hamrohligida aliment oluvchi onaning bank plastik kartasiga bank orqali tushirib berildi.

Kiritildi: 21:19 06.05.2025. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!