Hindiston Harbiy-havo kuchlarining Pokistonga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga, jarohatlanganlar esa 46 kishiga yetdi.
Bu haqda Reuters agentligi Pokiston Qurolli kuchlari matbuot kotibiga tayanib xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Hindiston rasmiylari Pokiston harbiylarining zarbalari natijasida Kashmirda o‘n nafar hindistonlik halok bo‘lgani, 48 nafar inson yaralanganini ma’lum qildi.