Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Osiyo chempionatida 10 nafar bokschimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi

Osiyo chempionatida 10 nafar bokschimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi

Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa 14 vazn toifasida o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 12 tasida terma jamoamiz vakillari finalga chiqqan edi.

Quvonarlisi, 12 nafar bokschimizdan 10 tasi final jangida g‘alaba qozonib, o‘z vazn toifasida Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu qit’a birinchiligida 10 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallari bilan yurtimizga qaytib kelishadi. Bunday natijadan keyin umumjamoa bo‘yicha raqamlarga e’tibor berishga hech hojat yo‘qki, vakillarimiz bu borada, shubhasiz, birinchi!

Kecha o‘tkazilgan final janglarining natijalari:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Bekzat Ergeshov (Qirg‘iziston)

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Aryan (Hindiston)

-40 kg: Farrux To‘laganov – Alisher O‘rozboyev (Turkmaniston)

-43 kg: Umidillo Abdurasulov – Dovlet Nurmurodov (Turkmaniston)

-46 kg: Boburbek Bobojonov – Lofranso Reymond (Filippin)

-49 kg: Lazizbek To‘lqinov – Vishvakarma Vinay (Hindiston)

-52 kg: Dalerjon Bozorov – Amangeldi Maksudov (Qirg‘iziston)

-55 kg: Jahongir Narziyev – Malik Prit (Hindiston)

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Singx Yashvardxan (Hindiston)

-61 kg: Mirzob Nekboyev – Viktor Litvinov (Qozog‘iston)

-64 kg: Shavkatjon Boltayev – Saini Guarov (Hindiston)

-67 kg: Shahboz Hamidullayev – Batirxan Boltayev (Qozog‘iston)

Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilarimiz:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov

-40 kg: Farrux To‘laganov

-43 kg: Umidillo Abdurasulov

-46 kg: Boburbek Bobojonov

-49 kg: Lazizbek To‘lqinov

-52 kg: Dalerjon Bozorov

-55 kg: Jahongir Narziyev

-61 kg: Mirzob Nekboyev

-64 kg: Shavkatjon Boltayev

Kumush medal egalari:

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov

-67 kg: Shahboz Hamidullayev

Bronza medal egalari:

-70 kg: Aynazar Kenesbayev

+70 kg: Husanboy Rihsiboyev

Kiritildi: 06:45 11.08.2019. O'qildi: 1362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!