Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Oraliq saylovlar aslida Tramp faoliyatiga berilgan siyosiy baho!

Oraliq saylovlar aslida Tramp faoliyatiga berilgan siyosiy baho!

AQShda oraliq saylovlarga bir oydan kam vaqt qoldi.

3 noyabr kuni AQShda oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadi. Unda Vakillar palatasining 435 a’zosi, Senatning 35 a’zosi, shuningdek 36 shtat gubernatori va minglab mahalliy mansabdorlar saylanadi.

Joriy saylovlar prezident Donald Tramp faoliyatiga berilgan siyosiy baho sifatida ham qaralmoqda. AP/NORC so‘roviga ko‘ra, respondentlarning 31 foizi Tramp faoliyatini ma’qullagan, 69 foizi esa uni qo‘llab-quvvatlamagan. Ayrim so‘rovlarda Demokratik partiya nomzodlari respublikachilardan ustun kelmoqda.

Siyosatshunos Skott Erb saylovlar natijasi bo‘yicha bir nechta ehtimoliy ssenariyni ilgari surdi.

Uning birinchi ssenariysiga ko‘ra, demokratlar Senatda ustunlikni qo‘lga kiritishi mumkin. Bu holat Tramp ma’muriyati uchun jiddiy siyosiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarib, Kongressda prezident siyosatiga qarshi bosimni kuchaytirishi ehtimol.

Ikkinchi ssenariyda respublikachilar Senatdagi ko‘pchilikni saqlab qoladi. Bunday natija Tramp ma’muriyatiga oppozisiya bosimiga qarshi muhim siyosiy tayanchni saqlab qolish imkonini beradi.

Uchinchi ehtimol — saylovoldi so‘rovlariga zid ravishda respublikachilarning kutilmagan g‘alabasi. Siyosatshunos bunday ssenariyni ham istisno qilmayapti.

To‘rtinchi ssenariy esa saylov natijalari yuzasidan siyosiy va huquqiy bahslar kuchayib, konstitusiyaviy inqiroz yuzaga kelishini nazarda tutadi.

Shu bois 3 noyabrdagi oraliq saylovlar AQShdagi siyosiy kuchlar nisbati va Tramp ma’muriyatining keyingi faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:05 06.10.2026. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!