Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

«Oltin to‘p» ilk bor Londonda topshiriladi: Rasmiy sana e’lon qilindi

«Oltin to‘p» ilk bor Londonda topshiriladi: Rasmiy sana e’lon qilindi

UYEFA saytida 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Ma’lumki, 2024 yildan boshlab ushbu nufuzli sovrin France Football jurnali tomonidan UYEFA bilan hamkorlikda topshirilmoqda.

Bu yil «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi ilk bor Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu Stenli Metyuzga ko‘rsatilgan ehtirom belgisidir: aynan shu angliyalik futbolchi 70 yil muqaddam — 1956 yilda «Oltin to‘p»ning birinchi g‘olibi bo‘lgan edi.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda «Oltin to‘p»ni «PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi. Joriy yilda esa favoritlar qatorida Garri Keyn, Lamin Yamal, Deklan Rays va boshqa futbolchilar tilga olinmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:55. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!