"Armanistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida qolishga hech kim yalinib-yolvormaydi, biroq Yerevan tomonidan tushuntirishlar berilishi zarur", – deydi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan ittifoqning Ostonadagi sammitida ishchi darajada ishtirok etadi. Kreml vakili Armaniston bilan gaz bo‘yicha kelishuvning ehtimoliy bekor qilinishi to‘g‘risidagi masalani "Gazprom" kompaniyasiga yo‘llash kerakligini ta’kidladi.
Peskov, shuningdek, Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida yaqin orada o‘zaro tashriflar rejalashtirilmaganini, chunki ular yaqindagina uchrashuv o‘tkazishganini qo‘shimcha qildi.