Shu kungacha asirlikdan 9 048 nafardan ortiq ukrainalikni, asosan harbiylarni qaytarishga muvaffaq bo‘lindi, deb bayonot berdi Oliy Rada vise-spikeri Yelena Kondratyuk. Uning so‘zlari parlament saytida keltirilgan.
Shunday qilib, agar ushbu ma’lumotlardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, urush davrida jami 16 mingdan ortiq ukrainalik harbiy asirlikka tushgan yoki unda bo‘lib qaytgan (asirlikda vafot etganlar bundan mustasno).
"Ukrainalik harbiy asirlarning 95 foizdan ortig‘i Rossiya asirligida qiynoqlar va shafqatsiz muomalaga duchor bo‘lmoqda, bu BMTning Ukrainadagi inson huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasining rasmiy hisobotlari va Oliy Radaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ma’lumotlari bilan tasdiqlangan", — deya qo‘shimcha qildi Kondratyuk.