Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro «Markaziy sektor» loyihasiga bergan intervyusida tarkibdagi eng katta yo‘qotish haqida gapirdi.

Italiyalik mutaxassis suhbat davomida jarohat olgan himoyachi Husniddin Aliqulovning yo‘qligi jamoa uchun sezilarli bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tgan.

«Biz juda yaxshi himoyachini yo‘qotdik. Men jamoaga endigina kelgan vaqtimda u meni hayron qoldirgan va juda ijobiy taassurot uyg‘otgan edi. O‘sha paytda hamma e’tiborini Husanovga qaratayotgan bir paytda, mening diqqatimni aynan Husniddin Aliqulov tortgandi. Biz juda muhim futbolchidan ayrildik», — deydi bosh murabbiy Davron Fayziyev bilan suhbatda.

Kannavaroning qo‘shimcha qilishicha, futbolchi avval ham shunday muammoga duch kelgan va hozirda uni tiklash ustida jiddiy ish olib borilmoqda.

«Bilishimcha, u Osiyo Kubogida ham shunday jarohat olgan ekan. Bu, albatta, afsuslanarli holat. Hozirgi vaqtda fizioterapevt va shifokorlarimiz bilan birgalikda uning sog‘lig‘ini tiklashga harakat qilyapmiz. Hatto uni Amerikaga olib ketishga ham urindik. U mening murabbiylar shtabim nazoratida ishlashda davom etishi kerak. Uni Osiyo Kubogigacha tayyorlab, turnirga birgalikda yo‘l olishga harakat qilamiz», — deya ta’kidladi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Vakillarimiz ikkinchi turda Portugaliya, uchinchi turda esa Kongo terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: Bugun 11:54. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!