«An-Nasr» klubi chempionlikdan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etgan Jorje Jezushga o‘rinbosar izlamoqda. Portugaliyalik mutaxassis chempionatning so‘nggi turidan keyin darhol o‘z ketishini e’lon qildi.
«365Scores Arabic» xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu o‘z yurtdoshini yana bir yil qolishga ko‘ndirishga uringan, biroq murabbiy o‘z qarorida qat’iy qolgan. 41 yoshli hujumchi endi yangi bosh murabbiyni tanlashda o‘z ovoziga ega bo‘ladi. Qolaversa, yulduz futbolchi klubga allaqachon taniqli portugaliyalik murabbiyning nomzodini taklif qilgan, biroq uning ismi hozircha sir tutilmoqda.
Krishtianu Ronaldu 2023 yilning boshidan buyon «An-Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Jorje Jezush esa ushbu lavozimda 2025 yilning iyulidan beri ishlab kelayotgandi.