AQSh elchixonasi ochiq. Ishimizda hech qanday o‘zgarish yo‘q va buning aksi bo‘lgan har qanday xabarlar yolg‘ondir.
Bu haqda diplomatik vakolatxona o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti Kiyevdagi elchixonaning xavfsizlik holatini muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga, diplomatik vakolatxona oddiy amerikaliklar uchun qurolli mojaro tufayli hech qanday sabab bilan Ukrainaga bormaslik kerakligi haqidagi tavsiyalarini yana bir bor eslatib o‘tdi.