O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Saidumarxon Saidnurillayev Osiyo o‘yinlari yarim final uchrashuvida tizzasidagi xochsimon boylamning uzilishi oqibatida jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan futbolchimizning tezroq safga qaytishini ta’minlash maqsadida Germaniyaning «Medical Connections» klinikasida jarrohlik amaliyoti tashkil etildi.
Operasiya professor Mirko Xerbert tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi va ayni paytda Saidnurillayev o‘zini yaxshi his qilmoqda.