Og‘ir ahvoldagi yurtdoshimiz Turkiyadan Bosh konsulxona va Migrasiya agentligi ko‘magida Vatanga qaytarildi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi F. YA. 2025 yil iyul oyida ishlash maqsadida Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga kelib, Arnautko‘y tumanidagi qurilish ob’ektlarida kunlik tartibda mehnat qilib kelgan.
2025 yil 29 sentyabr kuni ish jarayonida uning sog‘lig‘i yomonlashib, Arnautko‘y davlat shifoxonasiga joylashtirilgan. Davolanish jarayonidan so‘ng, fuqaroning hozirgi sog‘liq holatini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migrasiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan zarur tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Natijada, mazkur idoralar ko‘magida fuqaro nazoratchi shifokor hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi.