Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasining G‘arbiy mintaqasida 4-tur bahslari ortda qoldi. Hozircha O‘zbekistonning har ikki vakili pley-off yo‘llanmasini beruvchi kuchli sakkizlikka kira olmayapti.
Farg‘onaning "Neftchi" klubi to‘rtta uchrashuvdan 4 ochko jamg‘arib, 9-pog‘onada bormoqda. Jamoaning to‘plar nisbati -2 ga teng.
"Paxtakor"ning ahvoli esa ancha murakkab. Toshkentliklar to‘rt turda atigi 2 ochko to‘pladi va to‘plar nisbati -5 bo‘lgan holda 14-o‘rinni egallab turibdi.
Musobaqada eng yaxshi natijani BAAning "Al-Ayn" klubi qayd etmoqda. Jamoa barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozonib, 12 ochko bilan yakka peshqadamga aylangan.
"Al-Hilol", "Istiqlol" va "Shabab Al-Ahli" 9 ochkodan jamg‘argan. "Al-Qodisiya" hamda "Al-Ahli" hisobida esa 8 ochkodan mavjud.
OCHL Elit. G‘arbiy mintaqa. 4-turdan keyingi jadval:
| O‘rin | Jamoa | Ochko |
|---|---|---|
| 1 | "Al-Ayn" | 12 |
| 2 | "Al-Hilol" | 9 |
| 3 | "Istiqlol" | 9 |
| 4 | "Shabab Al-Ahli" | 9 |
| 5 | "Al-Qodisiya" | 8 |
| 6 | "Al-Ahli" | 8 |
| 7 | "An-Nasr" | 6 |
| 8 | "Ash-Shamal" | 5 |
| 9 | "Neftchi" | 4 |
| 10 | "Al-Ittihod" | 4 |
| 11 | "Al-Vasl" | 3 |
| 12 | "Eyr Fors" | 3 |
| 13 | "Traktor" | 2 |
| 14 | "Paxtakor" | 2 |
| 15 | "As-Sadd" | 2 |
| 16 | "Al-G‘arafa" | 0 |
Qayd etish kerak, "An-Nasr" va "Al-Vasl" hozircha uchtadan o‘yin o‘tkazgan. Qolgan jamoalar hisobida to‘rttadan uchrashuv bor.
Umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, G‘arbiy mintaqada dastlabki sakkiz o‘rinni egallagan klublar keyingi bosqichga yo‘l oladi.