Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

OCHL-2. "Nasaf"ni bugun juda muhim o‘yin kutmoqda

OCHL-2. "Nasaf"ni bugun juda muhim o‘yin kutmoqda

Qarshining "Nasaf" klubi bugun, 4 noyabr kuni OFK Chempionlar ligasi-2 musobaqasida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari safarda Kuvaytning "Al-Kuvayt" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Qarshiliklar uchun mazkur bahs alohida ahamiyatga ega. Jamoa guruh bosqichining uchta turidan keyin bor-yo‘g‘i bir ochko to‘plagan va hali g‘alaba qozonmagan.

"Nasaf" dastlab "Al-Xolidiya" bilan nursiz durang o‘ynadi. Keyingi uchrashuvlarda esa "Al-Vahda"ga 1:2, "Al-Kuvayt"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Raqib jamoa esa uchta o‘yinda 6 ochko jamg‘arib, A guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bugungi bahsda "Nasaf" nafaqat birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritish, balki guruhdagi imkoniyatlarini yaxshilash uchun ham harakat qiladi.

OFK Chempionlar ligasi-2. A guruhi. 4-tur

4 noyabr, chorshanba

21:00. "Al-Kuvayt" — "Nasaf"

Uchrashuv vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!