Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Britaniyani fuqarolari ta’limi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqardi. Sabab sifatida britan universitetlarida talabalarning radikallashuvi xavfi ko‘rsatilmoqda.
Qaror Abu-Dabining «Ixvonul muslimin» tashkilotiga nisbatan qat’iy pozisiyasi bilan bog‘liq. OAEda ushbu harakat terroristik deb hisoblanadi, London esa uning faoliyatini cheklashdan bosh tortmoqda.
Shu bilan birga, xususiy tartibda Britaniyaga o‘qishga ketish saqlanib qoladi. Ammo OAE hukumati akkreditasiyadan o‘tmagan britan oliygohlari diplomlari tan olinmasligini ogohlantirdi.