Amerikaning Nvidia texnologiya kompaniyasida rahbariyat almashishi mumkin. Direktorlar kengashi kompaniya asoschisi va bosh direktori Jensen Xuangning o‘rniga yangi nomzodlarni izlashga kirishgan.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Nvidia ehtimoliy nomzodlarni aniqlash uchun tashqi konsalting kompaniyasi xizmatidan foydalanmoqda. Doimiy rahbar topilguniga qadar vaqtinchalik bosh direktor tayinlash imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur jarayon Xuangning shaxsiy munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan boshlangan. Jumladan, OAVda uning Megaspeed kompaniyasining sobiq rahbarlaridan biri Elis Xuang bilan munosabatda bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Nvidia rahbari xodimlarga yo‘llagan murojaatida turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilganini tan olib, oilasidan uzr so‘ragan. Kompaniya esa ushbu holat bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan ichki tekshiruv boshlagan.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, direktorlar kengashi Xuangni lavozimidan chetlatish masalasini ham muhokama qilmoqda.
Biroq 12 noyabr holatiga ko‘ra, uning iste’fosi haqida rasmiy qaror e’lon qilinmagan.