Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nurmagomedov Sarukyanga "otvet" qildi

Nurmagomedov Sarukyanga "otvet" qildi

Usman Nurmagomedov o‘z vatandoshi Arman Sarukyaning PFL yengil vazn toifasi chempioni UFC`ga o‘tsa, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

"Arman Gamrotga yutqazdi, Islamga yutqazdi. O‘tiribdi, kutibdi, yilda bir marta jang qiladi va o‘zini dunyodagi eng yaxshi jangchi deb ataydi. U ikkita jang o‘tkazgunicha, men to‘rt marta chempionlik kamarini himoya qildim.

Agar UFC`da jang qilmasang, darajang past degan stereotipga qo‘shilmayman. UFC`dagi kuchli o‘ntalikda (Top-10) o‘tirgan yigitlarga qarang. Ular shunchaki o‘zaro jang qilib, o‘z o‘rinlarini saqlab qolishmoqda.

Ha, ko‘pchilik UFC`ga kelib yutqazgan. Bunga misol qilib uning o‘zini olish mumkin. Keldi – yutqazdi. Ko‘pchilik shunday mag‘lub bo‘lgan. Bu menga tegishlimi yoki yo‘q – agar UFC`ga o‘tsam, buni ko‘rib olamiz", – dedi rossiyalik jangchi "Sport24" kanaliga bergan intervyusida.

Shuningdek, erkin agent maqomida bo‘lgan Nurmagomedov hozirda menejeri PFL ligasi bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. PFL ligasi u bilan yangi shartnoma imzolash uchun 90 kunlik eksklyuziv huquqqa ega.

Arman Sarukyan ayni damda braziliyalik Maurisio Ruffi bilan bo‘ladigan jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan UFC 331 turnirida o‘zaro to‘qnash keladi.

Kiritildi: 15:13 29.08.2026. O'qildi: 1063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!