Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Norvegiya qirolichasi reabilitasiya tufayli 2027 yil yozigacha tadbirlarda qatnashmaydi

Norvegiya qirolichasi reabilitasiya tufayli 2027 yil yozigacha tadbirlarda qatnashmaydi

Norvegiya qirolichasi Mette-Marit 2027 yil yozigacha rasmiy marosimlarda qatnashmaydi.

Norvegiyaning NRK telekanali xabar berishicha, mamlakat qirollik oilasi bu haqda bayonotida e’lon qildi.

"Qirolicha hali ham o‘pka transplantasiyasidan keyin tiklanmoqda va dastlab keyingi yozgacha rasmiy reabilitasiya dasturini boshlamaydi", deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, qirollik oilasi valiahd malika Ingrid Aleksandra o‘qishga ustuvor ahamiyat berishda davom etishini va fevral oyida o‘qishni boshlash uchun Avstraliyaga qaytib kelguniga qadar ba’zi rasmiy marosimlarda ishtirok etishini e’lon qildi.

Ushbu semestrda valiahd malika Oslo universitetida almashinuv dasturida qatnashmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Yevropaning eng keksa monarxi Harald V 28 avgust kuni 89 yoshida vafot etdi. Uning o‘g‘li Xokon VIII Norvegiya qiroli bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!