Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Norozilik namoyishlari: Erdo‘g‘an Bilgi universitetini yopish haqidagi farmonini bekor qildi

Norozilik namoyishlari: Erdo‘g‘an Bilgi universitetini yopish haqidagi farmonini bekor qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an talabalar va o‘qituvchilarning uch kunlik ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng Istanbuldagi xususiy Bilgi universitetini yopish to‘g‘risidagi farmonini bekor qildi. Oliygoh faoliyatini to‘xtatish haqidagi farmoyish 21 may kuni imzolangandi, uni bekor qilish to‘g‘risidagi farmon esa 24 may kuni qabul qilindi.

Universitet talabalari va ayrim o‘qituvchilarining norozilik namoyishlari, xususan, 24 may kuni kampus hududida mingga yaqin kishi ishtirok etgan mitinglar maqsadga erishishga yordam berdi. Namoyishlar chog‘ida o‘nlab talabalar universitet binosini egallab olgan, ular polisiya tomonidan chiqarib yuborilgandi. Shuningdek, oliygohning yopilishi haqidagi xabardan so‘ng talabalar universitetda tunab qolib, o‘z noroziligini ifoda etdi.

Universitetning yopilishi 2025 yil sentyabridan buyon Istanbulning yirik Can Holding holdingiga nisbatan olib borilayotgan firibgarlik va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha tergov doirasida sodir bo‘ldi. 120 dan ortiq kompaniyani (jumladan, yirik telekanallarni) birlashtirgan ushbu holding 2019 yildan buyon universitetga homiylik qilib kelayotgandi. Hozirda holding tarkibiga kiruvchi kompaniyalar davlat nazorati ostida.

Kiritildi: Bugun 12:21. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!