Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Noqonuniy "dollarfurushlik" bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Noqonuniy "dollarfurushlik" bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tumani bo‘lim va Buxoro viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar K.R. va A.H. fuqaro F.R.dan 4 500 AQSh dollarini 56,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.U. fuqaro X.X.dan 4 000 AQSh dollarini 49 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:07 08.09.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!