Maxsus maktablar, asosan, viloyat markazlarida internat shaklida faoliyat yuritadi. Shu sababli ayrim bolalar ta’lim olish uchun oilasidan uzoqda yashashga majbur bo‘ladi. Korreksion sinflarni tumanlardagi nodavlat maktablarda tashkil etish ushbu muammoni hal qilishga yordam beradi.
Korreksion sinfga yo‘naltirilgan va unda ta’lim olayotgan bolalar uchun subsidiya ajratiladi. Mablag‘ ta’lim tashkilotiga to‘lanadi, ota-onalardan esa ushbu xizmat uchun haq olinmaydi.
Natijada bolalar oila bag‘rida yashagan holda zarur ta’lim va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanadi. Shu bilan birga, tumanlarda maxsus pedagogika xizmatlari rivojlanib, bolalarning oilaviy muhitda ulg‘ayishi va ijtimoiy etimlikning oldini olish uchun sharoit yaratiladi.