Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Nikohlarning kamayishi «mavsumiy» xarakterga ega – tahlilchi

Nikohlarning kamayishi «mavsumiy» xarakterga ega – tahlilchi

Iqtisodiy tahlilchi Mirkomil Xolboyev Milliy statistika qo‘mitasi taqdim qilgan joriy yilda nikohlanuvchilar soniga doir raqamlarni tahlil qildi.

Uning yozishicha, nikohlarning kamayishida (xuddi tug‘ilishlar kabi) e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihat mavjud.

«Bir qarashda nikohlar sonining pasayishi yaqin kelajakda jiddiy demografik muammolar yuza kelishiga ishora qilayotgandek. Xususan, 9 oylik ko‘rsatkichlar 2021 yil bilan taqqoslaganda 206,8 mingdan 177 minggacha yoki 14 foizga pasaygan.

Lekin nikohlanuvchilarning o‘rtacha yoshiga e’tibor qaratilsa, ko‘ramizki, o‘rtacha yosh pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda. Xususan, 2021 yil bilan taqqoslaganda (yillik ko‘rsatkich) erkaklarning o‘rtacha turmush qurish yoshi 26,5 dan 26,2 gacha pasaygan bo‘lsa, ayollarning o‘rtacha yoshi 22,3 dan 21,8 gacha pasaygan. Ya’ni normal sharoitda nikohlanuvchilarning o‘rtacha yoshi pasayishi umumiy nikohlar sonining ortishiga olib kelishi kerak edi», – deb yozadi Xolboyev.

Lekin, iqtisodchining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket 4 yildan buyon qisqarmoqda. Bu holat boshqa bir necha kichik faktorlar (masalan ikkinchi turmushlar soni) qatori hozirgi turmush qurish yoshidagi avlodning umumiy soni oldingi avlodga nisbatan kamligi bilan izohlanadi.

«Chunki ular mustaqillikdan keyingi chuqur demografik pasayishning «eng chuqur» yillarida tug‘ilgan.

Masalan, nikohlanuvchi erkaklarning o‘rtacha yoshiga ko‘ra qaralsa, 1999 yilda 558 minga tug‘ilishlar qayd etilib, 1998 yilga nisbatan 3,8 foizga, 1991 yilga nisbatan esa 21,6 foizga qisqargan. Bugunga kelib ayni shu avlod turmush qurish yoshida. Ya’ni ularning umumiy soni oldingi avlodga nisbatan kamroqligi nikohlardagi pasayishni ham keltirib chiqarmoqda», – deydi M.Xolboyev.

Iqtisodchining xulosa qilishicha, hozirgi tug‘ilish yoki nikohlardagi pasayishlar chuqur demografik muammolar yuzaga kelayotganligini ko‘rsatmaydi balki ko‘proq «mavsumiy» xarakterga ega.

Kiritildi: Bugun 15:27. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!