Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ijtimoiy tarmoqlarda Isroilga qarshi targ‘ibot kuchayib borayotganini ta’kidlab, mamlakat xalqaro miqyosdagi tahdidlarga qarshi yolg‘iz kurashayotganini bildirdi.
«Ayrimlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan Isroilni qoralovchi shunday targ‘ibotlar ta’siriga tushib qolmoqda. Bu yerda Isroil — “Isroilga o‘lim, Amerikaga o‘lim” va ular o‘rtadagi barchaga o‘lim tilayotgan global islomiy fundamentalizmga qarshi kurashayotgan Dovuddir»,
— dedi Isroil bosh vaziri.