Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Netanyaxu: Eron rejimining oxiri yaqin, bu Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartiradi

Netanyaxu: Eron rejimining oxiri yaqin, bu Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartiradi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Erondagi amaldagi rejimning «oxiri yaqin» ekanini ta’kidlab, Isroil uni ag‘darish maqsadini oxiriga yetkazishga qat’iy qaror qilganini bildirdi.

Netanyaxu 6 sentyabr kuni hukumat yig‘ilishida, Rosh Hashana bayrami arafasida qilgan murojaatida Erondagi vaziyat haqida gapirdi. Uning aytishicha, Isroil va AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari natijasida «katta yutuqlarga» erishilgan, biroq hali bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar bor.

«Erishilgan natijalar ulkan, ammo hali yakunlashimiz kerak bo‘lgan ishlar bor. Avvalo, rejimning ag‘darilishi. Erondagi bu rejimning oxiri yaqin. U ojiz, o‘z jonini saqlab qolish uchun kurashmoqda va dovdirab qolgan», — dedi Netanyaxu.

Isroil Bosh vaziri mamlakat hali oldida turgan yana bir muhim vazifani ham bajarishga qat’iy qaror qilganini aytdi.

«Bu Yaqin Sharq qiyofasini va xalqimiz tarixini butunlay o‘zgartiradi. Biz buni amalga oshirishga qat’iy qaror qilganmiz va bunga qodir ekanimizni bilamiz», — deya ta’kidladi u.

Netanyaxu, shuningdek, Eron Isroilga hujum qilishga qaror qilsa, «tasavvur qilib bo‘lmaydigan zarba»ga duch kelishini bildirdi.

Uning bayonotlari AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik yana kuchaygan, Hurmuz bo‘g‘ozi atrofida ham vaziyat taranglashgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Kiritildi: 19:15 07.09.2026. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!