Deyarli bir vaqtning o‘zida Nepal harbiylari va Janubiy Koreya qutqaruvchilaridan iborat qo‘shma guruh Upper Trishuli GESi tunnellar tizimida xitoylik fuqaroni topgan. Qutqaruvchilar tunnel ichiga taxminan 225 metr kirishiga to‘g‘ri kelgan. Jabrlangan shaxsga birinchi yordam ko‘rsatilib, u ham vertolyotda evakuasiya qilingan.
Bir kun oldin Trishuli GESi tunnelidan yana ikki nafar nepallik ishchi qutqarilgan edi. Shu tariqa, ikki kun ichida to‘rt kishi tirik holda topildi. Hokimiyat boshqa tunnellarda ham tirik qolganlar bo‘lishi mumkinligiga umid qilmoqda. 12 ta gidroenergetika ob’ektida ishlagan qariyb 900 nafar xodim bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Ularning taxminan 500 nafari yer ostida qolgan bo‘lishi mumkin.
Toshqin 26 avgust kuni Nepal va qo‘shni Tibet hududlarini qamrab olgan. Taxminlarga ko‘ra, ofatga muzlikning ko‘chishi sabab bo‘lgan. Nepalda 1344 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan, qariyb 4900 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Tibetda esa 31 kishi halok bo‘lgani va 531 kishi bedarak ekani xabar qilingan.