Nemis armiyasidagi harbiylar soni so‘nggi 13 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi — Germaniya Mudofaa vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, Bundesverda (Germaniya Qurolli kuchlari) qariyb 186,7 ming nafar harbiy xizmatchi xizmat qilmoqda, bu bir yil oldingiga nisbatan 3,7 ming kishiga ko‘p.
"Harbiy xizmatga kirish uchun berilgan arizalar soni 26 foizga, xizmatga yangi qabul qilinganlar soni esa 12 foizga oshgan", deyiladi vazirlik bayonotida.