Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Nega Gvardiola Italiya terma jamoasini rad etgani ma’lum bo‘ldi

Nega Gvardiola Italiya terma jamoasini rad etgani ma’lum bo‘ldi

Xorvatiya terma jamoasi va «Milan»ning sobiq futbolchisi Zvonimir Boban Xosep Gvardiolaning Italiya terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgani haqida fikr bildirdi.

«U o‘zini bu ishga tayyor his qilmaganining o‘zi ko‘p narsani anglatadi. Chunki har kuni maydonda jamoa bilan ishlay olmaslik, ehtimol, unga og‘irlik qilardi.

Men Gvardiolaning Maldiniga juda katta hurmat bilan qarashini bilaman. Ammo u bu ish uchun hozirgi payt mos emasligini tushungan», — dedi Boban La Gazzetta dello Sport nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Roberto Manchini qaytdi. U avval ham milliy jamoani boshqargan va Italiyani Yevropa chempionligiga olib chiqqan edi.

Kiritildi: Bugun 11:33. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!