Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Neftchi" afsonasi vafot etdi

"Neftchi" afsonasi vafot etdi

“Neftchi” futbol klubida uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritgan, besh karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, Yaponiyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, tajribali futbolchi va murabbiy Abdusamat Durmonov vafot etdi.

Abdusamat Durmonov o‘z faoliyati davomida “Neftchi” jamoasining muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shgan, muxlislar qalbidan chuqur joy olgan va futbolimiz rivojiga munosib xizmat qilgan fidoyi inson edi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u murabbiy sifatida ham jamoaga xizmat qilib, o‘z tajribasini yosh avlodga ulashdi.

“Neftchi” futbol klubi uning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi" - deyiladi farg‘onaliklarning rasmiy sahifasida.

Kiritildi: Bugun 10:27. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!