Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda tibbiyot birlashmasi mansabdori pora bilan ushlandi

Navoiyda tibbiyot birlashmasi mansabdori pora bilan ushlandi

Nurota tumanida ishga kiritishni va’da qilgan poliklinika mudiri o‘rinbosari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda G‘ozg‘on shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinika mudiri o‘rinbosari F.T. fuqaro O.A.ni shahar tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:54 02.09.2026. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!