Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Navoiyda otasi og‘ziga paypoq solib qo‘ygan 5 oylik chaqaloq vafot etdi

Navoiyda otasi og‘ziga paypoq solib qo‘ygan 5 oylik chaqaloq vafot etdi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ota yig‘layotgan besh oylik chaqalog‘ining og‘ziga paypoq solib qo‘ydi. Bu haqda Zamon axborot dasturida xabar berildi.

Hodisan so‘ng, bola bo‘g‘ilishdan ko‘karib ketgan va onasi uni kasalxonaga olib borgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u to‘rt kundan keyin vafot etdi.

Xususan, chaqaloq 10 yanvar kuni yarim tunda kasalxonaga yotqizilib, unda klinik o‘lim kuzatilib, yurak urishi yo‘q edi. Shifokorlar yurak massajini o‘tkazdi, natijada yurak qayta ishlagan. Ammo 14-yanvar kuni taxminan soat 22:00 da biologik o‘lim sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu erkakning ikkinchi oilasi bo‘lib, erkak oldin xam bolalarga zo‘ravonlik qilgan. Erkak bilan muntazam ravishda profilaktik ishlar olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (badanga qasddan og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak hibsga olingan.

Kiritildi: Bugun 15:52. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!