Navoiy shahrida o‘tkazilgan tekshiruvda 34,8 milliard so‘m miqdoridagi keshbek mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
13 ta MCHJ mas’ullari va boshqa shaxslar soxta elektron hisob-fakturalar hamda qalbaki cheklar orqali 4,5 trillion so‘mlik savdoni rasmiylashtirib, 105 mingdan ortiq fuqaroga sun’iy ravishda keshbek hisoblagani qayd etildi.
Natijada "Soliq Mobile" ilovasi orqali chiqarilgan mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Holat yuzasidan firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.