NATO harbiy mutaxassislari Yevropa mamlakatlarining uzoq muddatli harbiy mojaroni amalga oshira olmasligidan xavotirda. Bu haqda The Guardian nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, vaziyat NATO vakillari va Yevropa Ittifoqi rasmiylari o‘rtasidagi Yevropada harbiy muvofiqlashtirishni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha konferensiyada muloqot davomida tahlil qilingan. Mutaxassislarning fikricha, Yevropaning beshta asosiy davlati - Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha qurolli kuchlarining hozirgi tayyorgarligi Rossiya bilan uzoq muddatli mojaro uchun yetarli emas.
NATO tahlilchilari o‘zlarining pessimizmining sabablari sifatida Yevropada o‘ng qanot siyosiy partiyalarining tobora ortib borayotgan ta’sirini va AQShning Yevropa harbiy kontingentlarini qo‘llab-quvvatlashdagi ishtirokining kamayib borayotganini keltirmoqdalar.