Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

NATO Albaniyada rejalashtirilgan 2027 yilgi yetakchilar sammitini o‘tkazmaydi

NATO Albaniyada rejalashtirilgan 2027 yilgi yetakchilar sammitini o‘tkazmaydi

NATO mudofaa xarajatlari, Eron va Ukraina atrofidagi ziddiyatlar fonida Albaniyada rejalashtirilgan 2027 yilgi yetakchilar sammitini o‘tkazmaydi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama keyingi sammit 2028 yilda Tiranada bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi, NATO rahbari Mark Ryutte esa sammitlar faqat zarurat tug‘ilgandagina o‘tkazilishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, NATO mudofaa vazirlari 2027 yil oktyabr oyidagi uchrashuvini o‘tkazmaydi, tashqi ishlar vazirlari esa kelasi yili ikki marta o‘rniga faqat bir marta uchrashishadi.

Shunga o‘xshash holat shu yilning iyul oyida Anqarada bo‘lib o‘tgan sammitda ham yuz bergan bo‘lib, u muammoli mavzular bo‘yicha kelishmovchiliklar ehtimolini kamaytirish maqsadida imkon qadar qisqartirilgan edi.

Kiritildi: 21:43 15.11.2026. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik