Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Nasaf"ning Elit OCHLdagi g‘alabasi O‘zbekiston uchun muhim natija bo‘ldi

"Nasaf"ning Elit OCHLdagi g‘alabasi O‘zbekiston uchun muhim natija bo‘ldi

Qarshining "Nasaf" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi (OFK) elit bosqichining 8-turida safarda BAAning "Sharja" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu O‘zbekiston klublari uchun joriy mavsum xalqaro maydondagi ilk g‘alaba bo‘ldi.

Qarshiliklar so‘nggi turga 1 ochko bilan va motivasiyasisiz yetib kelgan va pley-offga chiqish imkoniyati qolmagandi. "Sharja" uchun esa vaziyat butunlay boshqacha edi. Xatto durang ham G‘arb mintaqasida kuchli sakkizlikka kirish umidini saqlab qolar, g‘alaba esa deyarli pley-offni kafolatlardi. Biroq hisobni birinchi bo‘lib "Nasaf" ochdi. 30-daqiqada jamoa Bobur Abdixoliqov Abduraxmatovning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari faollashdi va 80-daqiqada esa Chayo penaltini aniq amalga oshirdi — 1:1. Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalari mehmonlar foydasiga hal bo‘ldiyu 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Diyorbek Abdunazarov chiroyli zarba bilan g‘alaba golini kiritdi. Shu tariqa "Nasaf" 2:1 hisobida zafar quchib, "Sharja"ni pley-offdan mahrum qildi.

Bir tur oldin "Nasaf" Iroqning "Al Shorta" jamoasi bilan durang o‘ynagan edi va bu natija orqali ularning ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan.

"Nasaf" G‘arb mintaqasida oxirgi o‘rinda qoldi. Sababi, "Al Shorta" Qatarning "Al-Duhayl" jamoasini mag‘lub etdi va bu natija turnir jadvalidagi holatga ta’sir ko‘rsatdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, "Nasaf"ning bu g‘alabasi O‘zbekiston klublari uchun joriy mavsumda xalqaro maydondagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. OFK Chempionlar ligasi–2 turnirida ishtirok etgan "Andijon" jamoasi esa pley-offga chiqa olmadi — guruh bosqichini 5 durang va 1 mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Qarshiliklarning g‘alabasi strategik jihatdan ham juda muhim. OFK klublar reytingida O‘zbekiston hozirda 5-o‘rinni egallab turibdi, ammo omadsiz mavsum sabab ustunlik biroz qisqargan. Iroq va Iordaniya klublarining muvaffaqiyatli ishtiroki bu borada xavf tug‘dirmoqda. "Al Shorta" bilan durang va BAA klubi ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekistonning 2027/2028 mavsumda elit Osiyo Chempionlar ligasida kvotani saqlab qolish imkoniyatini sezilarli oshirdi. Bu holat Iordaniya va Iroq jamoalari pley-offida ishtirok etishda davom etayotganiga qaramay yuzaga keldi.

Markaziy Osiyodan OFK Chempionlar ligasi–2 pley-offiga chiqqan yagona jamoa Turkmanistonning "Arkadag‘" klubi bo‘ldi. Jamoa 1/8 final ilk uchrashuvida Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Javob bahsi 18 fevral kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 23:58 17.02.2026. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!