Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Namanganda ombordan sifatsiz dorilar chiqdi

Namanganda ombordan sifatsiz dorilar chiqdi
Namangan viloyatida 502,7 mln so‘mlik sifat kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritishning oldi olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tumani bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda holat aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, «M.Sh.» MCHJ rahbari A.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar Namangan shahridagi «Boburshoh» MFY hamda Davlatobod tumanidagi «Porloq» MFY hududlarida joylashgan omborxonalarda davlat reestrida qayd etilmagan, muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni saqlab kelgan. Omborlardan jami 485 turdagi 32 626 quti dori vositalari va tibbiy buyumlar olinib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kiritildi: 13:52 27.08.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!