O‘zgidrometga ko‘ra, viloyat shimolidagi do‘lli bulutlarga qarshi 3 ta otish punktidan qariyb 20 ta "Alazan" snaryadi otilgan.
Biroq do‘l kuzatilgan hudud chegaraga yaqin bo‘lgani va u yerda atmosferaga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati cheklangani sababli Zarkent qishlog‘ida kuchli do‘l yoqqan.